"Bavariya" Vaskes bilan shartnoma imzolamaydi

Alisher
25 mar 2021, 13:00
"Bavariya" "Real" hujumchisi Lukas Vaskes bilan shartnoma imzolamaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, bir necha karra YCHL g'olibi Lukas Vaskes Myunxen klubining talabiga to'g'ri kelmaydi.

Vaskes joriy mavsum "Real" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'yinchining "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/altobelli13