"Bavariya" va "Los-Anjeles" o'zaro hamkorlikni boshladi

Mirjalol Normatov
14 mar 2023, 20:45
"Bavariya" va "Los-Anjeles" hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Myunxen klubi MLS chempionlari bilan birgalikda "Red&Gold Football" tashkilotiga asos soldi. Hamkorlikdan asosiy maqsad sifatida yosh va iqtidorli futbolchilarning o'zini ko'rsatishida, katta futbolga qadam qo'yishida birgalikda mehnat qilish bo'ladi.

Yaqin vaqtlar ichida tashkilot rahbariyati va ishchilari e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal