"Bavariya" Robben bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Tolibjon Qosimov
9 dek 2013, 14:51
"Bavariya" rahbari Karl-Xaync Rummenigge klub Aren Robben bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani haqida aytib o'tdi.
Gollandiyalik futbolchining shartnomasi 2015 yil yozida tugaydi. Bu mavsum Robben 12ta o'yinda 6ta gol urdi.

– Biz Robbenning o'yinlaridan xursandmiz, – deydi Rummenigge Sport1 nashriga. – U 6 hafta maydonga tusha olmasa ham jamoaning asosiy o'yinchisi bo'lib qolaveradi. Biz jarohat olgan futbolchilar bilan oldin ham shartnomani uzaytirganmiz. Robben bizning klubimizda faoliyatini yakunlayotganini tasavvur qila olaman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru