"Bavariya" Myullerga klub do'konidan kepka xarid qilishni maslahat berib futbolchi bilan xazillashdi
Aslanov Jasurbek
29 yanv 2016, 13:14
"Bavariya" mashg'ulotlarining birida Tomas Myuller bilan sodir bo'lgan vaziyatga klub matbuot-xizmati xazilomus javob qaytardi.
Myunxenliklarning o'yinoldi mashg'ulotida Myuller mashg'ulot maykasi yordamida quyoshdan saqlanishga urindi va jamoa matbuot-xizmati ijtimoiy tarmoq orqali futbolchiga klub do'konidan kepka xarid qilishni maslahat berdi.