"Bavariya" muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi!

Aziz Tukhtamuradov
26 apr 2015
Germaniya chempionatining 30-turida turnirda ikkinchi o'rinni egallab turgan "Volfsburg" jamoasi "Borussiya M"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

Bu esa "Bavariya" chempionat yakunlanishiga 4 tur qolganida chempion bo'lganini bildiradi.

Ayni paytda 30-turdan so'ng myunxenliklar 76 ochkoga ega bo'lsalar, ikkinchi o'rindagi "Volfsburg" jamoasi 61 ochkoga ega. 

Ushbu chempionlik bilan jamoa muxlislarini tabriklab qolamiz!

Germaniya chempionati jadvali


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia