"Bavariya" Kostani "Yuventus"ga 50 million evroga sotishi mumkin

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2017, 19:41
"Bavariya" yarim himoyachi Duglas Kostani "Yuventus"ga qo'yib yuborishga tayyor.

Bu haqda "Football Italia" xabar berdi. Klublar transfer borasida shu hafta muzokara olib borishadi. Kostaning o'zi "Yuventus"da yiliga 7 million evro maosh olmoqchi. Biroq, "Yuventus" muzokaralar paytida o'yinchining transfer narxi va maoshini tushirmoqchi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia