“Bavariya” Kimmix bilan shartnomani uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 23:23
Myunxenning “Bavariya” klubi tez orada jamoa yarim himoyachisi Yozua Kimmix bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.

Muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Asosiy masala shartnomaning qancha muddatga uzaytirilishi bo'lib qolmoqda. Kelishuv 2022 yoki 2023 yilning 30 iyunigacha imzolanadi. 

Ma'lumot uchun, 23 yoshli xavbekning amaldagi shartnoma muddati 2020 yili yakunlanadi. Joriy mavsumda Kimmix Bundesliganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif