"Bavariya" Yevropaning eng yaxshi klubi, "Borussiya" 2012/13 yil kashfiyoti

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 17:00
Myunxenning "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klubi Yevropa futbol klublari assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlanishdi, deb xabar bermoqda Bundesliga rasmiy sayti.
O'tgan mavsumda Germaniya chempionati, Germaniya kubogi va Chempionlar ligasini yutgan  "Bavariya" 2012/13 yilgi mavsumda Yevropaning eng kuchli klubi deb topildi.

Borussiyaning yuqori natijalari esa unga yilda eng ko'p rivojlanishga erishgan klub sovrinini keltirdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru