"Bavariya" yetakchilaridan birini tarkibda saqlab qolish umidida

Omonjon To`xtamirzayev
15 noya 2023
"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd jamoa futbolchisi Leroy Sane klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortganligi haqidagi gaplarni yolg'on deb atadi.

"Sane "Bavariya"ga kelganidan buyon hozir o'zining eng yaxshi sport formasida bo'lib turibdi. Biz jamoaning kelajagini u bilan ko'ryapmiz va u muhim figura bo'lishiga ishonamiz.

Eslatib o'tamiz, Sane 2020 yil yozidan buyon "Bavariya" sharafini himoya qiladi. Bu mavsum 27 yoshli vinger barcha musobaqalarni qo'shganda 18 o'yinda 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcbayern.com