“Bavariya” YCHLda zafar quchsa, “Man Siti”ga 11 mln evro to'lab beradi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2020, 19:30
Myunxenliklarning Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonishi “Manchester Siti”ga Leroy Sanening transferida ko'rsatilgan qo'shimcha mablag'ga ega bo'lish imkonini beradi.

Bild manbasiga ko'ra, Sane “Bavariya” bilan YCHL titulini qo'lga kiritsa, “shaharliklar” 11 mln evro bonusga ega bo'ladi.

Leroy o'tgan hafta “Bavariya”ga o'tdi, transfer summasi esa 45 mln evroni tashkil qilgan, 24 yoshli germaniyalik Myunxen klubi bilan 5 yillik bitim imzolgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild