"Bavariya" boshqa futbolchi sotib olmaydi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 14:21
"Bavariya" prezidenti Uli Xeness jamoa yozda futbolchilarni transfer qilmasligini ma'lum qildi.

"Ayni damda bizda juda ko'p futbolchilar bor. Biz boshqa futbolchi sotib olmaymiz. Ammo futbolchi sotib yuboramiz", - dedi Xeness.

Mish-mishlarga qaraganda, Jerom Boateng va Tyago Alkantara "Bavariya"ni tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild