Bartomeu tunni policiya bo'limida o'tkazdi

Alisher
2 mar 2021, 07:48
Kecha hibsga olingan "Barselona" sobiq prezidenti Xosep Bartomeu tunni policiya bo'limida o'tkazdi.

Bartomeu faoliyatida noto'g'ri boshqaruv va korrupsiya sxemalarining izlari topilgan.

Eslatib o'tamiz, Bartomeu oktyabrda klub prezidentligidan iste'fo bergandi. Yozda Xosep bilan kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi o'rtasida konflikt yuzaga keldi. Argentinalik futbolchi "Barselona"dan ketishni xohladi, ammo "ko'k-anorranglilar" rahbariyati yetakchini qo'yib yubormadi.

"Barselona" 25 turdan so'ng La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport