"Barselona"ning yozdagi asosiy transfer nishoni ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
30 dek 2021
"Barselona" kelasi yozda markaziy himoyani jiddiy kuchaytirmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klub yozda "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olish borasida jiddiy ishlamoqchi. Ammo futbolchi qishda jamoasini o'zgartirmasligi aniq.

De Ligtning tovon puli 125 million evroga teng. Biroq bu summa "Barselona"ni qo'rqitmayapti. Klub narxni ikki baravarga arzonlashtirishga harakat qiladi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli himoyachi 20 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport