"Barselona"ga kelayotgan posbon jamoada ikkinchi darvozabon bo'lishga rozi, ammo...

Aslanov Jasurbek
28 sen 2024, 12:33
Voychex Shchesni "Barselona"da ikkinchi darvozabon bo'lishga qarshi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, polshalik posbon shartlarni qabul qildi. Unda Voychex Inyaki Penyaning o'rinbosari sifatida "Barselona"ga o'tishi ko'zda tutilgan.

Biroq Shchesni asosiy tarkib uchun kurashmoqchi. Kelishuv amalga oshgan, tez orada tibbiy ko'rik va shartnoma imzolash jarayonlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" asosiy darvozaboni Mark Andre ter Shtegen jiddiy jarohat tufayli joriy mavsum maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barça Buzz