"Barselona" "Yuventus"ga rad javobini berdi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2020, 07:30
"Barselona B" futbolchisi Serxio Akeme yozda "Yuventus"ga o'tishga yaqin kelgandi.

Turin klub Artur bilan muzokaralar chog'ida Akemega ham og'iz solib ko'rgan edi. Biroq, "Barselona" rahbariyati bunga rad javobini berdi. 

Mundo Deportivo nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra Akemega "Granada", "Eybar", "Valyadolid" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Iqtidorli futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru