"Barselona" yozda Alaba bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo transferga uning maoshi to'sqinlik qilishi mumkin

Alisher
7 yanv 2021, 18:47
"Barselona" "Bavariya" himoyachisi David Alabani nishonga oldi.

Kataloniyaliklar 27 yoshli avstriyalik futbolchini 31 yoshli Jordi Albaga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda, ammo uning transferiga maosh halal berishi mumkin.

U myunxenliklar tarkibidagi eng katta maosh oluvchi futbolchilardan biri sanaladi, ammo "ko'k-anorranglilar" hozirgi sharoitda bunday pulni to'lay olishmaydi.

Alaba "Barselona"ga o'tishga rozi bo'lgan. Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es