"Barselona" yarim milliarddan ko'proq miqdorda kredit oldi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2021, 23:18
Kataloniyaliklar moliyaviy ahvolni o'nglash uchun qarz oldi.

"Barselona"ning og'ir moliyaviy ahvoli klubni 525 million evro qarz olishga majbur qildi. Klub ushbu mablag'larni to'lovlar va qayta moliyalashtirishga sarflashini e'lon qiladi. Kredit Goldman Sachs investiciya banki tomonidan 15 yilga taqdim etildi.

Eslatib o'tamiz, bahorda Joan Laporta "Barselona" prezidentligiga qaytgandi. U klubni avvalgi darajasiga qaytarmoqchi.

O'tgan mavsumda "Barselona" faqat bitta sovrin - Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca