"Barselona" Vidalning ketishi haqida e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018, 14:10
"Barselona" matbuot-xizmati jamoa yarim himoyachisi Aleysh Vidal klubni tark etishi haqida ma'lum qildi.

Ispan OAV bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Sevilya" Aleysh transferi borasida Kataloniya klubi bilan kelishuvga erishgan. Ko'k-anorranglilar o'z futbolchisini 8 mln. evroga pullaydi. 

Aleysh Vidal 2014-2015 yillarda "Sevilya" sharafini himoya qilgan. Futbolchi so'nggi mavsum LaLiganing 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com