“Barselona” vakillari Gyundoganning agentlari bilan uchrashishdi

16 yanv 2014, 10:22
“Barselona” vakillari dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning agentlari bilan bir necha marotaba uchrashuv o'tkazishdi.

Kataloniyaliklar rahbariyati Germaniya terma jamoasi o'yinchisining otasi va amakisi bilan uchrashib, uni Ispaniyaga olib kelish bo'ychia suhbatlashishgan. “Barselona” Gyundoganga yarim himoyachi Xavining o'rniga o'rindosh sifatiga qaramoqda.

Eslatib o'tamiz, Gyundoganga “Manchester Yunayted” va “Real” klublari ham qiziqishmoqda.


Manba: sports.ru