"Barselona" va "Chelsi" Koman uchun kurashadi

Alisher
14 iyun 2021
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Saber Desfagresning tvittyerda xabar berishicha, francuzni "Barselona" va "Chelsi" kuzatmoqda. Koman "Bavariya"dan kyetishni xohlamoqda, ammo Myunxen klubi yarim himoyachi bilan katta narx evaziga xayrlashishga tayyor.

25 yoshli Koman "Bavariya" safida o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 15ta assist qayd etdi.

Francuzning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/saberdesfa