“Barselona” Tomas Myullerni sotib olmoqchi

26 fev 2014, 12:27
“Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller “Barselona” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Kataloniyaliklar 24 yoshli Germaniya terma jamoasi o'yinchisini mavsum so'ngida sotib olishmoqchi, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.

Manbaning xabariga ko'ra, “Barselona” klubining yangi prezidenti Jozep Bartomeu Myuller bilan muzokara olib borishga ruxsat bergan.

Ta'kidlab o'tamiz, Myullerning “Barvariya” bilan tuzgan shartnomasi 2017 yilda tugaydi. Futbolchining taxminiy transfer narxi 45 million evro deb baholanmoqda.


Manba: sports.ru