

Germaniyaning Bild gazetasida yozilishicha, Kataloniya klubi PSJ bilan Neymarning transferi borasida kelisha olmasagina, 20 yoshli Sanchoni sotib olishga harakat qiladi.
Biroq, Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yosh yarim himoyachiga da'vogarlik qilgani yo'q. Klub yozda boshqa transferlar ustida ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Sancho uchun "Manchester Yunayted" klubi asosiy da'vogar bo'lib turibdi.



