Barselona qishdagi asosiy nishonlarini belgilab oldi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2020, 18:40
Barselona jamoasi qishki transfer bozorida kimlarni xarid qilishini ma'lum qildi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Kataloniya klubi yozda kelishuvga erisha olmagan futbolchilar: Jorjino Veynaldum, Erik Garciya va Memfis Depay bilan shartnoma imzolamoqchi. Har uch futbolchining ham hozirgi jamoalari bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. 

Agar “Ko'k anor ranglilar“ qishda yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar bilan kelishuvga erisha olmasa, yozda tekinga qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo