"Barselona" nima sababdan Viynaldumni sotib ololmagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 mar 2021
O'tgan yozda "Barselona" Jorjino Viynaldumni "Liverpul"dan sotib olishi mumkin edi.

"AS" nashrining yozishicha, "Barselona" Filippe Koutinoning transferidan keyin "Liverpul"dan 2021 yilning yoziga qadar futbolchilar sotib ololmasligi borasida kelishib olishgan. Agarda ushbu shart buziladigan bo'lsa, "Barselona" mersisaydliklarga 93 mln evro jarima to'lashi kerak bo'ladi.

Koutino 2018 yili 145 mln evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u 14 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS