"Barselona" Neymarni qaytarmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
3 okt 2024, 17:22
"Al Hilol" futbolchisi Neymar yana "Barselona"ga qaytishi mumkin.

"Barselona" kelasi yil yozda Neymarni Kataloniyaga qaytarish haqida o'ylamoqda. Futbolchining "Al Hilol" bilan shartnomasi aynan 2025 yil yozida yakuniga etadi va braziliyalik erkin agentga aylanadi. 

Avvalroq, Neymar "Santos"ga qaytishi haqida xabarlar bo'lgandi. Biroq "Diario Sport"ning xabar berishicha, Neymar Juniorning manzili Ispaniya tomon o'zgarishi hech gap emas. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Diario Sport