"Barselona" MYUning taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2017, 10:34
"Barselona" "Manchester Yunayted"ga o'z yarim himoyachisi Serxi Robertoni sotmadi.

Mankunianlar 25 yoshli futbolchi uchun 36 mln. funt to'lashga tayyor edilar.

Serxi Roberto xizmatlariga "Chelsi" va "Monako" ham qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, London klubi futbolchining shartnomasida belgilangan 42 mln. funtlik tovon puli bandini faollashtirishga tayyorligi e'lon qilingandi. Serxi Roberto va Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

So'nggi mavsum yarim himoyachi LaLiganing 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun