"Barselona" Koutinoning narxini pasaytirdi

Alisher
2 avg 2019, 16:23
"Barselona" transferlar oynasi yakunlanganiga qadar Filippe Koutino bilan xayrlashmoqchi

"Qizil-anorranglilar" 27 yoshli futbolchining narxini 100 million evroga qadar pasaytirdi.

Chunki Kataloniya klubiga Koutino borasida hech qanday taklif kelib tushmayapti.

Oldinroq, "Barselona" yarim himoyachisi uchun 120 million evrodan kam so'ramayotgan edi.

Koutino yakunlangan mavsum "Barselona"da barcha musobaqalarda 54ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assistga erishgan.

O'yinchining "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca