"Barselona" Koutinoni 100 mln. evroga sotishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019
"Barselona" braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga tayyor, ammo ular bu savdodan 100 mln. evro ishlab olishmoqchi.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" Koutino uchun 115 mln. evro taklif qilishga tayyorligi e'lon qilingan edi.

26 yoshli Koutino 2018 yilning yanvarida "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgandi. Transfer 135 mln. evro evaziga amalga oshgan. Braziliyalik yarim himoyachi joriy mavsum LaLiganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca