

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi nemis grandida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi. "Bavariya" rahbariyati va murabbiylar shtabi Kimmix bilan xayrlashmoqchi emas. Klub boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummeniggening so'zlariga ko'ra, "Bavariya"dagilar Kimmixni joriy mavsum faoliyatini yakunlayotgan Filipp Lamning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.
Joriy mavsumda Kimmix Bundesliganing 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.



