"Barselona" "Inter Mayami" ustidan yirik g'alabaga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
20 iyul 2022, 07:06
AQSHda tur o'tkazayotgan "Barselona" jamoasi "Inter Mayami"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvda "Barsa" yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. 

Kataloniyaliklar safida Per-Emerik Obameyang, Rafinya, Ansu Fati, Gavi, Memfis Depay va Usman Dembele gol urdi. 

AQSH. Fort-Loderdeyl

"Inter Mayami" - "Barselona" 0:6

"Barselona" endi turne doirasidagi navbatdagi o'yinini 24 iyul kuni "Real"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia