"Barselona" ikki yulduzini sotuvga qo'yadi

Alisher
3 mar 2024, 17:45
"Barselona" ikki futbolchisini sotmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" hali ham og'ir moliyaviy holatdalar. Ayni damda klub ispan ligasi tomonidan o'rnatilgan maoshlar chegarasini 200 mln evrodan ko'proqqa oshirmoqda.

Ammo, "Barselona" tarkibni kuchaytirish kerakligini his qilmoqda. Yangi o'yinchilarni xarid qilish uchun hozirgi tarkibdagi bir necha nafar futbolchilar bilan xayrlashishga to'g'ri keladi.

Xo'jayinlar ketish uchun nomzodlarni tanlab oldi. Kataloniyaliklar mavsum so'nggida Jyul Kunde va Rafinyani sotishga urinib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es