"Barselona" himoyachisi jarohatidan forig' bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 sen 2023, 21:11
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jarohatini davoladi.

Urugvaylik futbolchi 17 avgust kuni mashg'ulotlarda olgan jarohati sababli bir qancha uchrashuvlarni o'tkazib yubordi.

Endi u LaLiganing 6-turi doirasida "Selta"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Bahs ertaga, 23 sentyabr kuni soat 21:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport