"Barselona" Breytueytni transferga qo'ydi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2021, 22:56
Kataloniyaliklar daniyalik bilan xayrlashishga qaror qilishdi.

"Barselona" forvard Martin Breytueytni tranfserga qo'ydi, deya xabar berdi Sport.es. 

Memfis Depay va Serxio Aguero sotib olinganidan so'ng daniyalikka ishonch bildirilmayapti.

"Ko'k-anorranglilar" hujumchi uchun taxminan 15 million evro so'rashadi. 

O'yinchiga "Vest Xem", "Norvich" va "Brayton"dan qiziqmoqda. Shuningdek, bu ro'yxatga "Valensiya" kiradi, ammo "ko'rshapalaklar" forvardni ijaraga olishmoqchi.

30 yoshli forvard o'tgan mavsumda 42 o'yinda 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani namoyish qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es