"Barselona" Bernardu Silvaga qiziqmoqda

Alisher
18 iyul 2020, 12:44
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva ispan grandi qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

25 yoshli Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Bernarduning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, ammo Kataloniya klubi hujumchi Antuan Grizmanni yozda sotsa, transfer bo'yicha muzokaralarni boshlaydi.

Silva joriy mavsum "shaharliklar" tarkibida APLda 32ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le 10 Sport