“Barselona” 110 mln. evroga yarim himoyachi sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 21:45
“Atletiko”ning 24 yoshli yarim himoyachisi Saul Niges 110 mln. evro evaziga “Barselona”ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi The Mirror.

Nashrning ma'lum qilishicha, ispaniyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Shunga qaramay, "ko'k-anorranglilar” yarim himochini qo'lga kiritish fikridan qaytmayapti. “Barselona” Saulga 2017 yildayoq qiziqishni boshlagan. Biroq futbolchi o'sha yili “Atletiko” bilan yangi shartnomaga imzo chekkandi.

Oldinroq, “matraschilar”ning boshqa bir futbolchisi Filipe Luis yozda Kataloniyaga ko'chib o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror