"Barselona" 10 yilga 455 mln evro kredit oldi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2021, 20:45
Moliyaviy muammolardan qutulolmayotgan "Baselona" klubi yana qarz oldi.

Kreditning o'rtacha foiz stavkasi 1,98 % bo'lib, u 10 yilga mo'ljallangan. Kredit televidenie huquqlari bilan kafolatlangan.

Kredit summasi 455 million evroni tashkil etib, klub bundan 140 million evrosini avvalgi qarz majburiyatlarining bir qismini qoplaydi.

Bundan tashqari, kelishuvga ko'ra, kataloniyaliklar qo'shimcha 70 million evrogacha yana qarz olishi mumkin bo'ladi.

Goldman Sachs investiciya banki bitim bo'yicha moliyaviy maslahatchi vazifasini bajargan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo