"Barsa", PSJ, "Inter" va "Atletiko" kabi klublar Dibalani o'z tarkiblariga qo'shib olishmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2022, 00:17
Ushbu klublarning vakillari futbolchining agenti bilan bog'landi.

Jurnalist Nikola Skiraning ma'lum qilishicha, "Inter", "Atletiko", "Barselona" va PSJ klublari Paulo Dibalaning agenti bilan bog'lanishgan. Bu klublar yozda Dibala bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashmoqchi. Yaqin kunlar ichida klublar bilan futbolchining agenti o'rtasida muzokaralar boshlanadi.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli hujumchi ushbu mavsum A Seriya tarkibida 21 o'yinda 8 gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/nicoschira