Ballak: "Bavariya" Gvardiolani tanlab to'g'ri qildi

22 okt 2013, 09:52
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mixael Ballak myunxenliklar bosh murabbiyi Pep Gvardiola ishini maqtadi, deb yozmoqda nemis matbuoti.
Ballakning fikricha, mutaxassis o'z vazifasini juda yaxshi bajaryapti.

"Bosh murabbiyni almashtirish bilan klub rahbariyati jamoa uchu yangi motivaciya topib berdi. Gvardiola - jahon darajasidagi mutaxassis. U ayni vaqtda futbolchilar nimaga muhtoj bo'lsa, o'shani etkazishni biladi", dedi Ballak.

Manba: championat.com