Bakka Xitoy klubi taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2017, 17:45
"Milan" hujumchisi Karlos Bakka Xitoy klubining taklifini rad etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kolumbiyalik futbolchining qo'lida Xitoyga yo'l olish taklifi bor edi, ammo u rad javobini berdi.

30 yoshli futbolchi JCH-2018da o'z mamlakati sharafini himoya qilmoqchi. Uning fikricha, u Xitoy Superligasiga o'tsa milliy jamoadan chaqiruv olmasligi mumkin.

Joriy mavsumda Bakka A Seriyaning 21 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 8 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica