Qarshida "Nasaf" Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Yodingizda bo'lsa ushbu jamoalarning poytaxtda o'tkazgan dastlabki uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgandi. Mazkur bo'lajak o'yindan oldin, har kim turli xil fikrlarni bildirmoqda. Biz esa o'z navbatida "Nasaf" jamoasini ko'p yillar mobaynida boshqargan mutaxassis Bahrom Hakimov bilan ushbu o'yin oldidan fikrlarini bilishga qiziqdik.
- Bahrom aka, xabaringiz bo'lsa kerak, bugun mamlakat Kubogining yana bir yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. "Nasaf" - "Paxtakor" o'yini oldidan kimning imkoniyatini yuqori baholaysiz?
- Bu ikki jamoani bugungi kunda boshqarib kelayotgan murabbiylar, Ro'ziqul Berdiev bilan Murod Ismoilov o'z vaqtimda qo'l ostimda to'p surgan. Shu bois ochig'ini aytsam, mening shaxsiy fikrimdan so'ng, ularning biror-biri mendan ranjib qolishlarini istamayman. Murod bilan ham, Ro'ziqul bilan ham munosabatlarimiz juda yaxshi. Lekin vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, bugungi o'yinda "Nasaf"ning final yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati yuqori degan bo'lardim. Bunday deyishimning boisi, "Nasaf" oxirgi paytlarda barqaror o'yin namoyish etib kelmoqda. "Paxtakor" esa aksincha, bir tekis o'yin ko'rsata olmayapti. Shuningdek birinchi o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgani ham, javob o'yinida qarshiliklarning imkoniyatini oshirib yuborgani aniq.
- Bugun muvaffaqiyat qozongan jamoa finalda "Bunyodkor" bilan ro'baro' keladi. Nima deb o'ylaysiz, bosh sovrinni qaysi jamoa qo'lga kiritadi?
- Finaldan oldin bir nima deb bo'lmaydi. Chunki unda tahminlar o'zini hamisha oqlayvermaydi. Fikrimizga misol tariqasida YCHLni yarim finalida ro'baro' kelgan "Barselona" - "Bavariya" to'qnashuvini eslashning o'zi kifoya. Bu o'yindan oldin ko'pchilik, kataloniyaliklarning g'alabasiga ortiqcha ishonib yuborishgandi. Ammo nemislar tahminlarni barbod qildi.
Finalda "Bunyodkor"ga "Paxtakor" yoki "Nasaf" raqiblik qiladimi, oldindan jo'yali fikr bildirish qiyin. Chunki final o'yiniga har kim turli xil xolatda yetib keladi. Ayrim jamoalarda diskvalifikaciya yoki jarohat tufayli yo'qotishlar bo'lishi ham mumkin.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi