Bahodir Shaymardonov: "Durangni emas, g'alabani istagan edik"

Iskandarov Abdulaziz
2 apr 2022
Pro liganing navbatdagi turi doirasida o'tkazilgan "G'ijduvon" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Bahodir Shaymardonov fikrlarini bildirdi.


"Barcha o'zbek xalqini ramazon oyi bilan tabriklayman. Durangni kutmagan edik. Chunki uyda o'ynayapmiz, g'alabani istagandik. Futbolda har doim siz istagan narsa bo'lavermaydi. Yigitlarga vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik yetishmayapti. Shuning hisobiga ko'p ochkolar yo'qotyapmiz. Oldimizga maqsad qo'yganmiz. Ustiga ustak Pro ligada yangi jamoamiz. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.  "Andijon" asosiy gollarni standart vaziyatlardan urmoqda. Tarkibida bo'ydor futbolchilar ko'p. Shunga qarab tayyorgarlik ko'rdik. Raqibning o'yiniga yaxshi baho beraman. 

Jamoamiz uchun har bir ochko oltinga teng. Pro liganing darajasi avvalgiga qaraganda yuqori. Superligaga tenglashtirsak ham bo'ladi. O'yinga qadar bu taktikada maydonga chiqishni o'ylamagan edik. Raqibdan kelib chiqib bo'ydor hujumchini tushirdik. Maydonimiz kubok o'yinlarga tayyor bo'lishi mumkin. Maysamiz holati yaxshi. Hozir kengaytirish ishlari ketmoqda",- deydi Bahodir Shaymardonov





Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia