

O'zbek futzali afsonasi bugun 41 yoshni qarshi oldi.
Shu munosabat bilan O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi xodimlari va futzalchilar va barcha muxlislar nomidan Bahodir Yuldashbaevichga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Bahodir Ahmedov terma jamoamizni "Ashxobod-2017" musobaqasiga tayyorlamoqda. Ashxoboddagi musobaqada Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamizga omad va zafar yor bo'lishini chin dildan istab qolamiz.




