BAA - Avstraliya uchrashuvi uchun barcha chiptalar sotib bo'lindi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 19:41
Bugun, 25 yanvar kuni Osiyo Kubogi-2019 chorak final o'yinlari doirasida BAA hamda Avstraliya o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Osiyo Kubogining "Tvitter"dagi ramiy sahifasida BAA - Avstraliya uchrashuvi uchun barcha chiptalar sotib bo'lingani e'lon qilindi. O'yin o'z bag'riga 26 mingga yaqin muxlisni sig'dira oladigan Abu Dabidagi "Hazza bin Zayed" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia