Aziz Ashurov Malayziyaga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 14:21
Legionerlarimiz soni yana bittaga ortishi mumkin. Boisi iqtidorli posbon Aziz Ashurov kuni-kecha Malayziyaga jo'nab ketdi.
Gap shundaki, 28 yoshli posbonga Malayziyaning mahalliy klublaridan biri jiddiy qiziqib qolgan. Bungacha "Qo'qon-1912" jamoasida faoliyat yuritib kelgan Ashurov xorji klubida ko'rikdan o'tish uchun safarga jo'nab ketgan.

Hozircha uning aynan qaysi klubga ketgani oshkor etilmayapti. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot berishga xarakat qilamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia