Azarning "Real"da qaysi raqam ostida o'ynashi aniq

Alisher
8 iyul 2019
Eden Azar kelasi mavsumda Raul va Ronaldular o'ynagan raqamda harakat qiladi.

Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Belgiya terma jamoasi futbolchisi kelasi mavsum 7-raqamda o'ynaydi.

U intervyularidan birida Kovachich Modrichdan unga 10-raqamni so'raganini hazilona tarzda aytgan edi. Ammo, Luka buni rad etgan.

Qayd etish kerakki, transfer qaymoqranglilar uchun 100 million evroga tushdi. Bitim 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: AS