"Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Gvardiola "Bavariya" shifokorlarni o'z vazifasini yaxshi bajarmaslikda aybladi

Aslanov Jasurbek
6 may 2016, 11:37
"Bavariya"da bosh murabbiy Xosep Gvardiola va klub tibbiy xizmati o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi javob uchrashuvidan so'ng ispaniyalik mutaxassis kiyinish xonasiga kirib, shifokorlarga yuzlandi: "Atletiko"dagi Godinni tez davolashdi. Nega bizda bunday bo'lmaydi?"

Nemis grandidagi shifokorlarning biri jim o'tirishni istamay Gvardiolaga javob berdi: "Bu haqda gapirishga haqqing yo'q. Robben va Badshtubyerdan tashqari hamma sog' edi".

Shundan so'ng vaziyat yanada og'irlashdi va faqat Frank Riberining aralashuvi tufayli voqeani dahanaki jangsiz yakunlanishiga sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild