"Atletiko" yozda Diego Kostani qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2016, 14:47
Ispaniya terma jamoasi va "Chelsi" hujumchisi Diego Kosta yozda "Atletiko"ga qaytishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "matraschilar" Jekson Martinesni "Guanchjou Evergrand"ga sotganidan so'ng, hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va Kosta bu joy uchun asosiy da'vogar. Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi yanvar oyida 27 yoshli ispanni 45 mln. evroga sotib ola bilmadi va yozda yana bir bor "Chelsi"ga taklif yubormoqchi.

Asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan Kosta 2007 yildan 2014 yilgacha "Atletiko" sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda Diego Kosta APLning 20 uchrashuvida, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph