"Atletiko" xavbeki MLS jamoasiga o'tib ketdi

Mirjalol Normatov
3 mar 2022
Yarim himoyachi Ektor Errera "Atletiko"dan "Xyuston Dinamo" jamoasiga ko'chib o'tdi.

31 yoshli meksikalik futbolchi yangi klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Errera yozda "Atletiko" bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin yangi jamoasiga borib qo'shiladi.

Ushbu mavsumdan Errera barcha turnirlarda madridliklar tarkibida 20 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia