“Atletiko” Jotani ortga qaytarmoqchi

31 mar 2020, 07:05
Madridliklar sobiq futbolchisining harakatlaridan mamnun.

“Vulverxempton”da to'p tepayotgan Diogu Jota “Atletiko”ga qaytishi mumkin. Madridliklar 2018 yil yozida Jotani 14 mln evro evaziga “bo'rilar”ga sotgan edi. Ayni damda futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” hamda “Arsenal” jiddiy qiziqib qoldi.

Jota amaldagi mavsum barcha musobaqalar doirasida 34 ta o'yinda 14 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca.com