

Angliya Premer-ligasining 4 ta klubi "Atletiko" hujumchisi Mateus Kunyaga qiziqmoqda. Bu haqda "Goal" xabar beryapti.
Braziliyalik futbolchiga "Vulverxempton", "Lids", "Arsenal" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" futbolchini kamida 30 million evroga baholamoqda.
23 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq "Vulverxempton" bosh murabbiyi "Atletiko" hujumchisiga qiziqish bildirgan edi.



